09:10 / 17.10.2015
4632

Obama: AQShda Suriya bo‘yicha Rossiya bilan strategiya bo‘yicha hamfikrlik yo‘q

AQSh prezidenti Barak Obama Vashington va Moskva o‘rtasida Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha strategiya borasida turli fikrlik saqlanib qolayotgani va faqatgina aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha hamfikrlik borligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bizda Suriyaning umumiy havo hududida samolyotlar o‘rtasida to‘qnashuvlardan qochish bo‘yicha hamfikrlik bor. Biroq biz Suriyadagi strategiya va prinsiplarga turli yonshaduvni saqlab qolmoqdamiz”, deb aytdi Obama matbuot-anjumanida.

Avvalroq Rossiya va AQSh mudofaa vazirliklari yaqin orada Suriya ustidan amalga oshiriladigan parvozlar xavfsizligi bo‘yicha hujjatni imzolashi va barcha texnik masalalar kelishib olingani ma'lum qilingandi.

Top