11:05 / 17.10.2015
4734

Peterburgda tojikistonlik ayoldan tortib olingan go‘dak olamdan o‘tdi

Peterburgda tojikistonlik ayoldan tortib olingan go‘dak olamdan o‘tdi. Bu haqda AsiaPlus nashri yozmoqda.

Ma'lum qilinishicha, 13 oktabr kuni Sankt-Peterburgda Tojikiston fuqarolari Nazarov Daler va Yunusova Zarinalar migratsion qonunchilikni buzganlikda ayblanib qo‘lga olingan. Yunusovaning qo‘lida shu yilning 20 mayida tug‘ilgan bolasi Nazarov Umarali ham bo‘lgan. Muhojirlar tegishli hujjatlashtirishsiz vaqtinchalik kameraga joylashtirilgan. Doimiy parvarishga muhtoj go‘dak esa onasidan ajratilgan.

Shu kunning o‘zida gumondorlar sud uchastkasiga olib borilgan. Besh soat davom etgan jarayonda ularni mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi qaror qabul qilingan. Shundan so‘ng ayol bolasini olish uchun politsiya uchastkasiga borgan, lekin u yerning xodimlari ayolga bola saqlanayotgan manzilni aytishmagan. Shundan so‘ng Yunusova uyiga qaytgan. Ertasiga, 14 oktabr kuni, unga qo‘ng‘iroq qilib, bolasi olamdan o‘tgani xabar qilingan.
Bu voqea munosabati bilan Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi hukumatga rasmiy yo‘llab, unda voqeani jiddiy o‘rganishni so‘radi, deb xabar beradi dipkorpus rasmiy vakili Muhammad Egamzod.

Top