11:18 / 17.10.2015
4068

Skott Kelli fazoda uzoq qolish bo‘yicha NASA astronavtlari orasida rekordchi bo‘ldi

Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji komandiri Skott Kelli fazoda uzoq qolish borasida amerikalik astronavtlar orasida rekordchi bo‘ldi. NASA`ning ma'lum qilishicha, u koinotda 383 kun bo‘lgan.

U bu bilan o‘zidan oldingi astronavt Mayk Fink rekordini yangilagan.

"Har bir rekord biz uchun ahamiyatga ega. Chunki inson fazoda qolar ekan uning ham jismoniy va ham ruhiy tayyorgarligi oshib boraveradi. Bu esa bizga Marsni ishg‘ol etishga yordam beradi”, - deyiladi AQSh kosmik xabarnomasida.

NASA shuni eslatib o‘tdiki, kosmosda uzoq qolish bo‘yicha mutlaq rekord rossiyalik Gennadiy Padalkaga tegishli bo‘lib, u 879 kun fazoda bo‘lgan. U joriy yilning sentabr boshida Xalqaro kosmik stansiyasi vaxtasida yerga qaytib tushgan.

Top