22:07 / 17.10.2015
9085

Suriya mojarosi: 17 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.

Rossiya Bosh shtabida Suriyadagi IShID jangarilari ommaviy ravishda qochayotgani ma'lum qilindi>>

Suriyadagi IShID jangarilarining jang maydonidan qochishlari ommaviy tus olmoqda, deb aytdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov

AQSh Suriyada uchuvchilarni qutqarishda hamkorlik qilishdan bosh tortdi>>

AQSh Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etish chog‘ida urib tushirilgan samolyotlarning uchuvchilarini qutqarish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifini rad qildi

IShID nazorati ostida yashovchi odamlar jangarilarning obektlari haqidagi axborotni Rossiyaga yetkazmoqda>>

Suriyaning IShID nazorati ostidagi hududlarida yashovchi aholi Rossiya harbiylariga u yerda joylashgan obektlar haqida ma'lumotlar yetkazmoqda

Rossiya FVV samolyotlari Suriyadan Rossiya va MDH davlatlarining 56 fuqarosini olib chiqib ketdi>>

Suriyaga 20 tonnadan ko‘proq insonparvarlik yordami olib borgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti ortiga qaytishda Lataqiyadan jangovor harakatlar hududini tark etishni istagan Rossiya va MDH davlatlarining 56 fuqarosini olib ketdi

Rossiya samolyotlari bugun Suriyada qariyb 50 aviazarbani amalga oshirdi>>

Rossiya samolyotlari bugungi kun davomida Suriyadagi bazadan 36 parvozni amalga oshirib, 49 aviazarbani amalga oshirdi

Obama: AQShda Suriya bo‘yicha Rossiya bilan strategiya bo‘yicha hamfikrlik yo‘q>>

AQSh prezidenti Barak Obama Vashington va Moskva o‘rtasida Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha strategiya borasida turli fikrlik saqlanib qolayotgani va faqatgina aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha hamfikrlik borligini aytdi

Medvedev: Suriya hukumati madaniyatli bo‘lishi kerak>>

Rossiyaga kelajakda Suriyada hokimiyat kim kelishi farq qilmaydi, asosiysi, bu IShID terrorchilari emas, qonuniy, rasmiy kuchlar bo‘lishi kerak

Turkiya o‘zida suriyalik muhojirlarni qoldirishni istamayapti>>

Turkiya hukumati o‘z hududida Yevropa pullari evaziga qaramasdan ham muhojirlarni qoldirishni istamayapti

Atambayev: Suriyaning bugun mo‘'tadil muxolifati ertaga radikallashishi mumkin>>

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev diniy ekstremistlarni “mo‘'tadil” va “nomo‘'tadil”larga bo‘lish to‘g‘ri emasligini ta'kidladi


Top