14:30 / 17.10.2015
3500

Ummondagi kuchli jala oqibatida 6 kishining qurbon bo‘lgani aytilmoqda

Ummonda ikki kundan buyon davom etayotgan shiddatli jala oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda GulfNews nashri xabar bermoqda.

Hokimiyat vakillari aholini xavfdan ogohlantirganligiga qaramay, qurbonlarning oldini olish imkoni bo‘lmadi. Halok bo‘lganlar ichida ayol va uning uch farzandi bor.
Oila rahbari, halok bo‘lgan bolalarning otasi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Top