20:02 / 17.10.2015
4378

Zambiya prezidenti mamlakat fuqarolaridan milliy valyuta haqiga ibodat qilishni so‘radi

Zambiya prezidenti mamlakat aholisidan 18 oktabrda mamlakatdagi eng asosiy milliy bayram nishonlanadigan kun milliy valyuta haqiga ibodat qilishni so‘radi.

Yil boshidan beri kvachi (Zambiya valyutasi) dollarga nisbatan 45 foizga qadrsizlanib ketdi va bu 155 ta dunyo valyutasi orasida rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. Milliy valyuta kursining pasayishi mamlakatning asosiy eksportini tashkil qiluvchi mis narxining 20 foizga arzonlashgani bilan bog‘lanmoqda.

Top