07:36 / 18.10.2015
3013

“Arsenal” 12 daqiqa ichida 3 ta to‘p urib, mehmonda “Uotford”ni yutdi

“Arsenal” Angliya Premer-ligasining 9-turida mehmonda “Uotford” bilan uchrashdi. “Vikareydj Roud” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:3 hisobida “kanonirlar” foydasiga yakunlandi.  

E'tiborlisi, londonliklar barcha 3 ta to‘pni 62- va 74-daqiqalar oralig‘ida kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. To‘plarni Aleksis Sanches, Olive Jiru va Aaron Remsi o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. O‘yindagi yana bir e'tiborli jihat shuki, chililik futbolchi Aleksis Sanches ketma-ket 6-o‘yinda o‘z hisobiga to‘p yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Ayni paytda “Arsenal” 19 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni, “Uotford” esa 10 ochko bilan 14-o‘rinni egallamoqda. Chempionatda 21 ochko bilan “Manchester Siti” yetakchilik qilmoqda. 

Angliya Premer-ligasi. 9-tur

Uotford (Uotford) – Arsenal (London) – 0:3

Gollar: Sanches, 62 (0:1); Jiru, 68 (0:2); Remsi, 74 (0:3).

Top