07:00 / 18.10.2015
3785

“Barselona” “Rayo Valekano”ni tor-mor etib, ochkolar bo‘yicha “Real”ga yetib oldi

17 oktabrda “Barselona” Ispaniya Primerasining 8-turida o‘z maydoni “Kamp Nou”da “Rayo Valekano”ni 5:2 hisobida tor-mor etdi. “Rayo Valekano” o‘zining ketm-ket uchinchi mag‘lubiyatiga uchradi.

“Barsa” safida Neymar 4 ta gol urib, poker qayd qildi. Neymar bu gollardan ikkitasini penaltidan kiritdi. Yana bitta golni o‘z hisobiga Suares yozib qo‘ydi. Mehmonlar safida Xavi Gerra va Xosabed o‘zlarini ko‘rsata olishdi.

E'tiborlisi, Neymar "Barsa" safida o‘zining ilk pokeriga erishdi hamda 21-asrda klub safida buni amalga oshira olgan 4-o‘yinchi bo‘ldi. Neymargacha klub safida pokerga Lionel Messi, Samuel Eto'O va Patrik Klyuyvert erishgan.

“Barsa” shu g‘alaba evaziga ochkolar soni bo‘yicha “Real”ga yetib oldi, endi ikkala klubda ham 18 ochkodan bor. 7 ochkoga ega “Rayo Valekano” musobaqa jadvalining 15-o‘rinidan joy olmoqda. Tur natijalariga ko‘ra “Barsa” va “Real”dan 2 ochko ortda qolayotgan, biroq bitta o‘yin kam o‘ynagan “Vilyarreal” o‘tib ketishi mumkin.

Ispaniya Primerasi. 8-tur

Barselona – Rayo Valekano – 5:2

Gollar: Gerra, 15 (0:1); Neymar, 22 (1:1, pen); Neymar, 32 (2:1, pen); Neymar, 69 (3:1); Neymar, 70 (4:1); Suares, 77 (5:1); Xosabed, 86 (5:2).

Top