21:40 / 18.10.2015
3816

“Spartak” egasi Leonid Fedun: “Dzyuba tiyinlar uchun barcha yaqinlarini bo‘g‘ib tashlaydi”

Moskvaning “Spartak” futbol jamoasi egasi Leonid Fedun jamoaning sobiq hujumchisi Artyom Dzyubaga fevral oyi ish haqi to‘lanmaganiga izoh berib o‘tdi.

“Hech narsani bilmayman. Biz Dzyubani tarbiyalashga qancha pul sarfladik, u esa tiyinlar uchun barcha yaqinlarini bo‘g‘ib tashlaydigan odam”, deb aytdi Fedun.

Dzyuba “Spartak” o‘yinchisi bo‘la turib, fevralda “Zenit” bilan shartnoma tuzgan. Bu shartnoma iyuldan kuchga kirgan. Futbolchi “Zenit” bilan shartnoma imzolangadan keyin “Zenit” matbuot xizmatiga intervyu bergan va bu uchun “Spartak” rahbariyati tomonidan fevral oyi ish haqini ushlab qolish bilan jazolangan.

1 oktabrda Rossiya futbol ittifoqining o‘yinchilar maqomi bo‘yicha qo‘mitasi “Spartak” hujumchini fevral oyi maoshidan noqonuniy mahrum qilgan deb topib, “Spartak”ka 14 kun ichida futbolchi oldidagi oylik bo‘yicha qarzdorlikni to‘lab berish majburiyatini qo‘ygan.

Top