12:53 / 18.10.2015
3637

Afg‘onistonda toliblar bilan to‘qnashuvda 10 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar davomida Tolibon harakatining 18 jangarisi va 10 nafar politsiya zobiti halok bo‘ldi. Bu haqda Pajwak agentligi xabar berdi.
Oxirgi bir necha oydan buyon Afg‘onistonda ko‘p bora hukumat qo‘shinlari va jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Ilgari qishloq xo‘jaligi hududlarida joylashgan Tolibon jangarilari shaharlarga qarab harakat qila boshladi. Sentyabr oyining oxirida ular hatto Qunduz shahrini egallab, bir muddat ushlab turishga muvaffaq bo‘ldilar.

Top