09:24 / 18.10.2015
3974

Britaniyalik auksionda sotib olgan tanki deb yangi uyga ko‘chib o‘tdi

Buyuk Britaniyaning Bristol shahrida yashovchi Jyef Vulmer ismli erkak onlay-auksionda CVRT “Skorpion” tankini sotib olgandan keyin uni joylashtirish uchun yangi uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi, chunki uning avvalgi uyida uni qo‘yishga yetarlicha joy bo‘lmagan.  Bu haqda ITV telekanali xabar bermoqda.    

Vulmer telekanalga bergan intervyusida internetdagi onlayn-auksionda shoshma-shosharlik bilan stavka belgilagani oqibatida xarid uchun 9 ming funt sterling to‘laganini ma'lum qildi. Unning ta'kidlashicha, unga telefon qilib, auksionda yutgani ma'lum qilinmaguncha, stavka haqida umuman hech narsa esida bo‘lmagan.

Tankning yangi egasi ikki xonali kvartirada yashagani uchun uni qayerga joylashni bilolmay boshi qotgan. Vulmer tankni joylashtirish uchun kattaroq maydonga ega uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.

Vulmer tankni bir yil ichida ta'mirdan chiqarib, unda, avval ta'kidlangandek, 80 km/soat tezlikkacha erishmoqchi. U, shuningdek, tankning hozirda ishlamayotgan jangovor qismini tiklashni rejalashtirmoqda.

Top