16:49 / 18.10.2015
6031

Dubayda ikki sathli yotoqdan yiqilgan ishchi bo‘ynidan boshlab falaj bo‘lib qoldi

Dubayda 30 yoshli ishchi Bilol Said bir umrga harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Uning taqdiri haqida arab matbuoti ko‘p bora esladi.

Yaxshi pul topish ilinjida shaharga kelgan erkak, ishga joylashganiga ko‘p bo‘lmay, ikki sathli yotoqning ikkinchi qavatidan yiqilib tushdi. Buning oqibatida tanasining bo‘ynidan pastki qismi ishlamay qoldi.

Bilol Said Pokistonning Lahor shahrida tug‘ilib o‘sgan. Oliy ma'lumot olish imkoniyati bo‘lmagani uchun jismoniy mehnat bilan topishga harakat qilgan.

Uning ish beruvchisi Gulf News’ga bergan intervyusida bunday holatlar har yili sodir bo‘lishini ma'lum qildi. U mehnat o‘rnida jarohat olib, layoqatini yo‘qotgan insonlar ko‘payib borayotganidan taassufda ekanligini bildirdi.

Top