23:32 / 18.10.2015
3686

Jazoirdagi zavod portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Jazoirning Ayn-Delfa shahrida joylashgan portlovchi moddalar milliy boshqarmasiga qarashli bo‘lgan zavodning portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Algerie Press Service.

Voqea yonuvchi arqonlar tayyorlanadigan ustaxonada yuz bergan. Portlash bir necha kilometr radiusda eshitilgan.
Ayni vaqtda u yerda mamlakat milliy mudofaa xizmati xodimlari ish olib bormoqda.
Portlash sabablari o‘rganilmoqda. Tekshiruv ishlari boshlangan.

Top