22:17 / 18.10.2015
6915

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. Jahon (12-18 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Jahonda xafta davomida (12-18 oktabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Ekstremistlarning qamoqdan qochishi sababli Bishkekdagi muhim obektlar xavfsizligi kuchaytirildi>>

Qirg‘iziston bosh vaziri Bishkekdagi barcha strategik muhim obektlar kuchaytirilgan himoya ostiga olinishi to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqda Temir Sariyev 12 oktabr kuni hukumatda o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda ma'lum qildi.

Turkiya bosh vaziri: IShID – Anqaradagi teraktlar bilan bog‘liq asosiy gumondor>>

Turk tergovchilari Anqaradagi teraktlarni katta ehtimol bilan IShID terroristik guruhi tashkil etgan, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda 12 oktabr kuni NV telekanali efirida Turkiya bosh vaziri Ahmed Dovudo‘g‘li ma'lum qildi.

Misr sudi Husni Muborakning o‘g‘illarini ozod etish qarorini chiqardi>>

Misr sudi mamlakatning sobiq prezidenti Husni Muborakning o‘g‘illarini ozod etish qarorini chiqardi. Bu haqda The Daily Mail nashri ma'lum qildi.

Suriyada o‘zini portlatib yuborgan o‘zbek bola Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi>>

IShID guruhi tomonidan tarqatilgan videolavhada safdoshlari bilan xayrlashib, zirhli transportyorda o‘zini portlatib yuborgani qayd qilingan Ja'far at-Tayyor ismli yigit qirg‘izistonlik o‘zbek ekanligi aniqlandi.

Niderlandiyada Ukraina osmonida urib tushirilgan Boeing bo‘yicha hisobot e'lon qilindi>>

Malayziyaning Ukraina ustida urib tushirilgan Boeing-777 samolyoti halokatini taftish qilgan xalqaro ekspertlar guruhining aniqlashicha, samolyot 2014 yilning 17 iyul kuni “Buk” zenit-rakyeta kompleksi raketasi bilan urib tushirilgan.

KXDR Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligini nishonladi>>

10 oktabr kuni Shimoliy Koreyada Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan bir qator davlat tadbirlari tashkil etilgan edi. Jumladan, Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi Kim Ir Sen maydonida shu munosabat bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, harbiy paraddan so‘ng delfinlar ishtirokida shouni namoyish etilgan edi.

Yevropa chempionatida ishtirok etadigan 20ta jamoa nomi aniq bo‘ldi>>

2016 yilgi Yevropa chempionati uchun o‘tkazilgan saralash bahslaridan so‘ng Fransiya maydonlarida to‘p suradigan 20 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

OAV: MH17 halokati haqidagi hisobot asosiy savollarni javobsiz qoldirdi>>

AQSh matbuotida kecha Niderlandiyada Malayziyaning Ukraina osmonida urib tushirilgan Boeing-777 samolyotining halokati taftishi natijalariga ko‘ra e'lon qilingan hisobot yuzasidan bir qancha materiallar e'lon qilindi.

Putin va Nazarboyev Kaspiy tubini bo‘lishib olishdi>>

Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev Kaspiy dengizining shimoliy qismi tubini chegaralash haqidagi 1998 yil 6 iyulida imzolangan kelishuv protokoliga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjatni imzolashdi.

Rossiya harbiylari Afg‘oniston-Tojikiston chegarasini qo‘riqlay boshlashi mumkin>>

Rossiya Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarani qaytadan himoya qilishga kirishishi mumkin, deya ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Germaniya dunyo bo‘yicha Volkswagen`ning 2,4 mln avtomobili qaytarib olinishini ma'lum qildi>>

Germaniyaning Avtomobil transporti bo‘yicha federal mahkamasi (KBA), ekologik testni soxtalashtirish masalasi bilan bog‘liq ravishda Volkswagen`ga mamlakatlar hududidan jami 2,4 mln avtomobilini majburiy ravishda qaytarib olish topshirig‘ini berdi.

BMT Xavfsizlik kengashiga 5 davlat muvaqqat a'zo sifatida qabul qilindi>>

BMT Bosh assambleyasi ovoz berish jarayonida Ukraina, Misr, Senegal, Urugvay va Yaponiya 2016-2017 yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zolari qatoriga qabul qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Yamanda koalitsiyaning yanglish zarbasi tufayli 30 nafar ittifoqchi halok bo‘ldi>>

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya samolyotlari Yamanning Toiz viloyatidagi harbiy qarorgohga xatolik tufayli zarbalar berdi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, bazada koalitsiyaning ittifoqchilari joylashgan edi.

Hamid Karzay: xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonda turishi terrorchilikning kuchayishiga olib keldi>>

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatda xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishi faqatgina terrorchilikni kuchaytirganligini ta'kidladi.

“Al-Qoida” Suriyada qo‘mondonlaridan birining halok bo‘lganligini tasdiqladi>>

“Al-Qoida”ning Suriyadagi bo‘linmasi hisoblanmish “Jabhat an-Nusra” guruhi Halab shahrida yetakchilaridan biri Sanofiy an-Nasrning halok bo‘lganligini tasdiqladi. Ijtimoiy tarmoqlarda guruh tomonidan e'lon qilingan suratlardan birida uning qabri ko‘rsatilganligi aytildi.

Si Tszinpin: XXR “xalqaro jandarm” bo‘lishni istamaydi>>

Buyuk Britaniyaga tashrifi arafasida XXR raisi Si Tszinpin Xitoy AQSh bilan “xalqaro jandarm” roli uchun kurashishni niyat qilmayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, Xitoy butun dunyoda hamkorlikning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.

Top