20:27 / 18.10.2015
12054

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. O‘zbekiston (12-18 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Yurtimizda xafta davomida (12-18 oktabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Islom Karimov: MDH – ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi bahs va munozaralarni hal etish uchun keng imkoniyat beradigan tuzilmadir>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 15-16 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 16 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Islom Karimov MDH Davlat rahbarlari kengashi majlislari aksariyat hollarda umumiy xarakterga ega bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tdi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 15-16 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 16 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Islom Karimov: Afg‘oniston armiyasi hozircha tolibonlarga qarshilik ko‘rsatish, mamlakatda xavfsizlikni ta'minlashni to‘liq nazorat qilishga qodir emas>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 15-16 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 16 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

IIV Qorovul qo‘shinlari shtabida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi>>

IIV Qorovul qo‘shinlari shtabida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun ochiq tanlovlar joriy qilinadi>>

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlariga ishchilarni qabul qilish tartibining qonuniy bazasini yanada takomillashtirish borasidagi bir qancha takliflar o‘rganib chiqilmoqda.

O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘oniston bilan chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi>>

Turkman OAVlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning 7-8 oktabrdagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi natijalariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida hamkorlik haqida 10 ta kelishuv imzolanganini ma'lum qildilar.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari: plastik orqali to‘lovlarda narx ustidan foiz olish mumkin emas>>

To‘lov bank plastik kartalari orqali amalga oshirilganida xarid qilinayotgan mahsulotning ustiga foiz qo‘yib, qimmatroq narx talab qilish qonunlarning jiddiy buzilishi hisoblanadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yuldashev ma'lumot berdi.

GM Uzbekistan avtomobillarining salondagi narxlari (2015 yil, 12 oktabr)>>

2015 yilning 12 oktabr kuni holatiga ko‘ra GM Uzbekistan avtomobillari narxlari e'lon qilindi.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzlishi to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rib chiqilish tartibi o‘zgartirildi>>

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzlishi to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rib chiqilish tartibi o‘zgartirildi.

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi>>

2015 yil noyabrida O‘zbekistonga O‘zbekistonga Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sodiqov Pokiston Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Nuzhat Sodig‘iy bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.

Qamchiq dovonida videokuzatuv tizimini montaj qilish ishlari boshlandi>>

O‘zbekistonda muhim strategik tarmoq – Qamchiq dovonida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi, deya xabar qildi Sputnik FVVdagi axborot manbasiga asoslangan holda.

Rasmiy Toshkent yana bir marta Tojikiston va Qirg‘izistonda yirik GES qurilishiga qarshi chiqdi>>

O‘zbekiston Milanda yana bir marta Tojikiston (Rog‘un GES) va Qirg‘iziston (Qambarota GES)da ulkan to‘g‘onlar qurilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda 12news.uz internet nashri xabar qildi.

O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi sobiq aviasozlik zavodining asosiy aksiyadoriga aylandi>>

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent mexanika zavodining (sobiq aviasozlik korxonasi) asosiy aksiyadoriga aylandi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xabarnomasida aytildi.

O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali IShID qo‘lidan qutqarilishini so‘ramoqda>>

8 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali bir necha marotaba IShID qo‘lidan qutqarishlarini so‘rab murojaat qildi. O‘zining ma'lum qilishicha, yigit hamyurtlari tomonidan aldov yo‘llari orqali IShID jangarilariga sotib yuborilgan va agarda hech kim yordamga kelmasa, uni o‘ldirib yuborishadi.

Qatardagi JChda O‘zbekiston terma jamoasi yettinchi o‘rinni egalladi>>

Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 9 nafar sportchidan 6 nafari sovrindorlar safidan o‘rin egalladi

Mobil aloqa operatorlariga aloqani yaxshilash vazifasi topshirildi>>

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi O‘zbekistondagi ayrim mobil aloqa operatorlari ishida kamchiliklar aniqlangani haqida xabar tarqatdi.

Bundesver Termizni tark etmoqda>>

Germaniya mudofaa vazirligi 2015 yil oxiriga qadar Termiz shahri aeroportidagi tayanch punktini yopadi. Deutsche Welle nashrining yozishicha, bu maqsadda shaharga 40 nafar harbiy xizmatchi yo‘llangan.

Turkmaniston chegarachilari va bojxonachilari tamagirlikda ayblandi>>

Turkmaniston va O‘zbekiston chegarasida turuvchi ayrim chegarachilar va bojxonachilar chegaradan o‘tayotgan odamlardan pul tama qilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda jurnalist G‘ayrat Davletov material e'lon qildi.

Lotte Ustyurt GKK qurilishi yakunlanganini ma'lum qildi>>

Janubiy Koreyaning Lotte Chemical kompaniyasi Ustryurtdagi Surgil koni ustidagi gaz-kimyo kombinati qurilishi yakunlanganligini ma'lum qildi.

2017 yilda birinchi o‘zbek-koreys tekstil texnoparki ochiladi>>

Toshkentda o‘quv-tadqiqot tekstil texnoparkini tashkil etish ishlari boshlandi, deya xabar qildi Sputnik agentligi “O‘zbekengilsanoat” vakilining XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasida bergan ma'lumotiga asoslangan holda.

MXX san'at muzeyiga XIX-XX asrlarga oid 32 kartinani qaytardi>>

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat san'at muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan XIX-XX asrlarga oid 32 kartinani tezkor tadbir davomida aniqlab, muzeyga qaytardi. Bu haqda MXX xodimi Laziz Ibodxo‘jayev ma'lumot berdi.

Toshkentda mobil aloqa operatorlari umumiy yig‘ilish o‘tkazdi>>

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va mobil aloqa qamrov hududi hamda tarmoq sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan texnik me'yorlariga keltirish hamda abonentlarning mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini ta'minlash yuzasidan 2015 yil 13 oktabrda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ma'muriy binosida mobil aloqa operatorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahrida 2015-2016 yillarda ta'mirlanadigan magistral ko‘chalar nomlari tasdiqlandi>>

2015-2016 yillarda ta'mirlanadigan Toshkent shahridagi magistral ko‘chalar nomi tasdiqlandi. Bu haqda «Pravda Vostoka» nashri Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatmoqda.

Amerikalik diplomatlar paxta terimlarida o‘zlarini o‘zbekistonlik deb tanishtirishdi>>

AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari Qashqadaryo viloyatidagi paxta dalalariga yo‘l olib, u yerda o‘zlarini O‘zbekiston TIV xodimlari va OAV vakillari deb tanishtirishdi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

Islom Karimov: MDH – ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi bahs va munozaralarni hal etish uchun keng imkoniyat beradigan tuzilmadir>>

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 15-16 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 16 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentdagi yarmarkada 700 ming tonna paxta sotish bo‘yicha shartnomalar imzolandi>>

15-16 oktabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan XI Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida 700 ming tonna O‘zbekiston paxta tolasini sotib olish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 800 million AQSh dollaridan ziyod miqdordagi shartnomalar imzolandi.

2016 yili O‘zbekiston Belarusga Ravon brendi ostida avtomobil yetkazishni yo‘lga qo‘yadi>>

2016 yildan O‘zbekiston Ravon brendi ostidagi avtomobillarni Belarus bozoriga yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berildi.

Vadim Abramov "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi>>

Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z lavozimidan ketdi.

The Mirror o‘quvchilarining 31 foizi o‘zbekistonlik yigitning romantik tanlovini olqishlashdi>>

Buyuk Britaniyadagi The Mirror nashrida o‘zbekistonlik oshiq yigitning o‘z sevgilisiga dil izhori qilish uchun minglab gul sotib olgani haqida xabar nashr qilindi.

Moskvada "Dosent" haykalini o‘g‘irlab ketgan shaxslar o‘zbekistonliklar ekani ma'lum bo‘ldi>>

Avvalroq marhum sovet aktyori Yevgeniy Leonovning mashhur “Omadli jyentlmenlar” kinokomediyasidagi Dosent laqabli bosh jinoyatchi obrazida ishlangan, Moskvadagi Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilingandi.

Top