15:43 / 18.10.2015
19212

Mirjalol Qosimov BAAga uchib ketdi

Kecha O‘zbekiston kubogidan mahrum bo‘lgan "Bunyodkor" bugundan o‘ziga yangi murabbiy qidirishni boshlab yuborgan bo‘lsa ajab emas.
Final oldidan Qosimovning o‘yin oldi fikrlari bilan qiziqqanimizda, u BAAda ekanligini aytib o‘tgan edi. Sal avvalroq unga BAAdan taklif tushganligi haqida xabar berganmiz. Ayni paytda Qosimov BAAga muzokara olib borgani ketganmi yoki shaxsiy ishi bilan ma'lum emas.

Kechagi mag‘lubiyat va turnir jadvalidagi beshinchi o‘rindan kelib chiqqan muxlislar aynan Qosimovni jamoaga kelishini istayotganliklarini final xushtagi yangragach bir necha daqiqa qaytarib o‘tdilar.

Manba: championat.asia

Top