21:44 / 18.10.2015
3781

Odessa viloyatida cho‘kib ketgan kater bortida 40 dan ko‘proq odam bo‘lgan

Odessa viloyatida Qora dengizda cho‘kib ketgan “Ivolga” sayr katerida 40 dan ko‘proq odam bo‘lgan, deb ma'lum qildi Odessa viloyati IIB matbuot xizmati boshlig‘i Anna Pencheva. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali ma'lum qildi.

Penchevaning aytishicha, qutqaruv operatsiyasi hali yakunlanmagan, qutqaruvchilar yana 8 kishini qidirmoqda.

Qayd etilishicha, kater kapitani qo‘lga olingan va shifoxonada qo‘riqchilar nazoratida qolmoqda. Kapitan ushlanganda tashqi ko‘rinishdan mastlik alomatlari bo‘lmagan, biroq ekspertiza natijalari hozircha noma'lum.
Kapitanning otasi kema egasi bo‘lgan. Kater cho‘kish oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, fojiaga katerning me'yoridan ortiq yuklanganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Top