00:34 / 18.10.2015
3839

Odessa yaqinidagi katerning avariyasi tufayli 16 kishi halok bo‘ldi

Qora dengizning Odessa qirg‘oqlarida suzib yurgan katerning avariyasi tufayli, 16 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Katerda 36 kishi bo‘lgan, ammo ularning aniq soni hali qayd etilmagan.
“Fojia sabab 16 yo‘lovchi halok bo‘ldi, 20 kishi shifoxonalarga yotqizildi. Bir qancha odam tibbiy yordam olishni rad etdi. Voqea joyida qutqaruv xizmati xodimlari va militsiya ish olib bormoqda. Qidiruv ishlari davom etmoqda”, — deb ma'lum qilmoqda Ukraina IIV Odessiya viloyati boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bo‘lib o‘tgan halokat yuzasidan maxsus tekshiruv komissiyasini tuzishga buyruq bergan.

Top