07:15 / 18.10.2015
3028

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra Odessa viloyatida kater falokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 17 oktabrda Ukrainaning Odessa viloyatidagi Zatoka kurort posyolkasida Qora dengizda "Ivolga" nomli sayr kateri falokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan. Avvalroq 16 kishi halok bo‘lgani haqidagi xabar texnik xato tufayli paydo bo‘lgan, deb xabar bermoqda Odessa viloyati IIV matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi.      

“Fojia oqibatida 12 yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana 20 kishi shifoxonalarga yetkazildi, bir necha kishi tibbiy yordamdan voz kechdi”, deb xabar berildi IIV matbuot xizmatida.

Avvalroq Odessa viloyatida Qora dengiz sohili yaqinida sayr kateri falokatga uchrashi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani va 20 kishi shifoxonaga yetkazilgani ma'lum qilingandi. 

Top