13:35 / 18.10.2015
6048

Pokiston “Sharqiy Turkiston islom harakati”ning barcha a'zolari o‘ldirilganini ma'lum qildi

“Sharqiy Turkiston islom harakati” guruhining Pokistondagi barcha a'zolari yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Biz ular yo‘q qilindi deb hisoblaymiz. Boshqa yo‘q”, - dedi Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Osif Pekinda o‘tgan uchinchi Syanshan xavfsizlik forumidagi chiqishida.
Ushbu harakat a'zolari Shinjon Uyg‘ur muxtor viloyatining Xitoydan ajralishini asosiy maqsadlari sifatida ko‘rsatadilar.

Top