12:51 / 18.10.2015
7444

Shri-Lanka politsiyasi qizi qafasda tutgan erkakni qutqardi

Shri-Lanka politsiyasi qizi qafasda tutgan erkakni qutqardi. Bu haqda Emirates247.com nashri xabar berdi.
Aytilishicha, 73 yoshli keksa inson oxirgi bir necha yil davomida 42 yoshli qizi tomonidan itlarga mo‘ljallangan katakda tutilgan. Inspektor Pushyakumara uyni tekshirish chog‘ida bu faktni aniqlab, erkakni chiqarib olgan.
Hibsga olingan ayol otasi uyni ifloslantirgani tufayli katakka joylashtirilganini, bu ishni bolalarini xastaliklardan asrash uchun qilganligini e'tirof etdi. Shu bilan birga, itlar uyda yashaganliklarini tan oldi.
Erkak shifoxonaga yo‘llandi.

Top