11:41 / 18.10.2015
5984

Skype endi WhatsAppda?!

Ayni paytda WhatsApp, Google Hangouts va boshqa messenjerlar foydalanuvchilari Skype ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishlari mumkin. Hozircha bunday imkoniyat messenjerning AQShlik foydalanuvchilari uchun amalda, xolos. Keyinroq boshqa mamlakatlarga ham joriy qilinadi, deydi mutasaddilar.

Yangi imkoniyatni amalda qo‘llash uchun foydalanuvchining Skypedan maxsus havolani olishi talab etiladi. U orqali kirilib, Skypening veb-versiyasiga avtorizatsiya qilinadi. Shundan so‘ng unga aloqa imkoniyati beriladi.

Dasturchilarning ta'kidlashicha, funksiya Windows, Mac, Android i iOS, shuningdek, mesenjyerlarning veb-versiyasi foydalanuvchilari uchun ham amalda bo‘ladi. Maqsad VoIP-telefoniya foydalanuvchilarini o‘z tomoniga ag‘darib olish.

Hozirgi vaqtda dunyoning eng mashhur messenjeri QQ xizmati bo‘lib, u Xitoyning Tencent internet-kompaniyasiga tegishli. Kompaniya rekordni ko‘p sonli axoliga ega Xitoy bozorida qo‘ygan.

Bugunga kelib QQ foydalanuvchilari soni 843 million nafarni tashkil etadi. 800 millionlik foydalanuvchisi bilan ikkinchi o‘rinni WhatsApp egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Facebook mazkur messenjer loyihani o‘tgan yili 18 milliard dollarga sotib olgan edi. Aynan Facebook Messenger 3 o‘rinni band etib turibdi. Uning foydalanuvchisi 700 million nafarni tashkil etadi.

Manba: terabayt.uz

Top