21:50 / 18.10.2015
25398

Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov qiz farzandlik bo‘lishdi

Bugun, 18 oktabrda xonandalar Dilso‘z (Go‘zal Jumaniyozova-Raimova) va “Mango” guruhining sobiq a'zosi, hozirda o‘zi mustaqil ijod qilayotgan Farruh Raimov qiz farzandlik bo‘lishdi. Qayd etilishicha, qizaloq Toshkentdagi 6-tug‘ruqxonada soat 15:40 lar atrofida dunyoga kelgan.

Blogger Sardor Komilovning ma'lum qilishicha, Go‘zal o‘z ijodiy taxallusini qiziga ism qilib berishga qaror qildi va unga Dilso‘z deb ism berdi.

Xonandalar bir-birlariga ko‘ngil qo‘yib, joriy yilning aprel oyida nikoh rishtalari bilan bog‘langan edilar.

Kun.uz tahririyati ikki yoshni qiz farzandlik bo‘lgani bilan muborakbod etib, ularga yana ko‘plab shirin-shakar farzandlarning ota-onasi bo‘lib, ularning baxt-kamolini ko‘rib yurish nasib etishini tilab qoladi.

Top