09:06 / 19.10.2015
5260

AQSh fuqarosi teleshouga qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng 1982 yilgi qotillikda ayblandi

AQSh prokuraturasi teleshouga qo‘ng‘iroq qilinib, 1982 yilda Miluokidagi maktab o‘quvchisining bedarak yo‘qolgani to‘g‘risidagi batafsil ma'lumot berilganidan so‘ng 50 yoshli Xose Ferreyraga nisbatan ayblov e'lon qildi, deya xabar berdi Associated Press.

WISN 12 telekompaniyasi direktorining so‘zlariga ko‘ra, yangiliklar bo‘limi xodimlari g‘aroyib va xavotirli qo‘ng‘iroqdan so‘ng politsiyaga murojaat etishgan.

13 yoshli Kerri Enn Yopek 1982 yilda maktabdan uyga qaytmagan, uning jasadi oradan yarim yil o‘tganidan so‘ng topilgan.

Ayblanuvchi o‘sha vaqtda o‘smir yoshida bo‘lgan. U nima sababdan oradan 33 yil o‘tib studiyaga qo‘ng‘iroq qilgani ma'lum emas.

Ayni paytda Ferreyra Miluoki okrugidagi qamoqxonada sud hukmini kutmoqda.

Top