17:42 / 19.10.2015
4130

Avstraliyaning sobiq bosh vaziri o‘zining sobiq ofisini ostin-ustun qildi

Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Toni Ebbot o‘z tarafdorlari bilan o‘zining sobiq ish joyiga mast holda bostirib kirgan va bu yerda to‘polon ko‘targan. Bu haqda Times gazetasi xabar yozgan.

Avstraliya parlamenti a'zosi bo‘lgan amaldorning aytishicha, xonani tozalash uchun kelgan farrosh xonadagi marmar stolni sindirilgan ahvolda ko‘rishgan.

Xabarda aytilishicha, bu jarayonda Ebbotning yonida uning hukumati tarkibida bo‘lgan bir necha vazirldar ham kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Ebbott Liberal partiya ichidagi yetakchilik borasidagi bahslarda raqibi Malkolm Tyornbullga yutqazib qo‘ygan va lavozimini tark etgandi.

Top