10:07 / 19.10.2015
4809

Ekspert: 20 yildan so‘ng AQSh va XXR slanetsli gazning 85 foizini yetkazib bera boshlaydi

2035 yilga kelib AQSh va Xitoy jahondagi slanetsli gazning 85 foizini yetkazib bera boshlaydi. Bu haqda British Petroleum kompaniyasining MDH va Rossiya bo‘yicha bosh iqtisodchisi Vladimir Drebentsov bayonot berdi.

Bokuda o‘tgan 2015-2035 yil jahon iqtisodiyoti statistik tahlili asnosida u kompaniya aynan mana shu bashoratlarga tayanayotganligini ma'lum qildi.
Shu bilan birga, mutaxassis AQSh qazib olgan slanetsli gaz suyultirilgan tabiiy gaz shaklida ham realizatsiya qilinishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Top