09:15 / 19.10.2015
4252

Eron G‘arbni Suriya masalasida reallikni tan olishga chaqirdi

G‘arb Suriya ixtilofini bartaraf qilishda reallikni ko‘ra bilishi va tan olishi lozim. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Husayn Amir Abdullohiyon Yevropa tashqi siyosiy xizmati bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Xelga Shmid bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, har ikkala tomon ham Suriyaning suverenitetini va birligini himoya qilish zarurligini ta'kidlab o‘tishdi. Shuningdek, muhojirlarni o‘z yurtlariga qaytarish uchun ko‘rilishi zarur bo‘lgan choralar muhokama qilindi.

Top