15:14 / 19.10.2015
4252

Fransiya va Italiya novvoylari dunyodagi eng uzun bulochkani tayyorlashdi

Frantsuz va italyan novvoylari dunyoning eng uzun bagetini (bulochka) tayyorlashdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ularning mazkur natijalari Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

122 metrli non-bulochka mahsulotini tayyorlash uchun taxminan 60 nafar novvoylar mehnat qilishdi. Mazkur mahsulot Milandagi «Ekspo-2015» ko‘rgazmasi vaqtida namoyish etilgan. Rekord qayd etgan bagetni tayyorlash uchun novvoylar 7 soat vaqt sarflashgan, maxsus pechdan foydalanishgan.

Rekord natija qayd etilganidan keyin mazkur bulochka mahsuloti bo‘laklarga bo‘linib yuzlab ko‘rgazma ishtirokchilariga bo‘lib berilgan.

Oldingi rekord darajadagi bagetning uzunligi 111 metrni tashkil etgan.

Top