12:20 / 19.10.2015
3844

G‘allaoroldagi kollej oshpazidan 150 ming so‘m pora olgan taftishchilar jazoga tortildi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi kollejlardan biridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasini ijraga olib yuritayotgan tadbirkordan 150 ming so‘m pora olgan taftishchilar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Jizzax viloyat Xalq deputatlari viloyat kengashining doimiy komissiyasi ishchi guruhi sobiq a'zolari Kimsanbek Jamilov va Abdulxay Adashevlar xususiy tadbirkorni qo‘rqitib, uning ishida kamchiliklar ko‘pligini aytishgan hamda ularni “yopib yuborish” uchun undan 50 ming, keyinroq 150 ming so‘m talab qilishgan.
Mazkur holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, taftishchilar javobgarlikka tortildi. Ular o‘z mansablaridan ozod qilindi.

Top