19:31 / 19.10.2015
4053

Harry Winston 723 ming dollik turbiyonli soat ishlab chiqdi

Amerikaning Harry Winston kompaniyasi cheklangan miqdordagi turbiyonli Histoire De Tourbillon 6 sports soatlar seriyasini namoyish etdi. Luxurylaunches ma'lumotiga ko‘ra, ular soni bor-yo‘g‘i 20 donani tashkil etadi.

Soatda bir qancha siferblat (raqamlar tushiriladigan panel) o‘rnashtirilgan bo‘lib, ular bir-biriga nomunosib joylashtirilgan. Quvvat zaxirasi esa 80 soatga yetadi. Soatning qoplamasi oq oltindan yasalgan, narxi — 722,9 ming dollar.

Turbiyon — maxsus mexanizm bo‘lib, unda Yer gravitatsiyasi soatning aniq ishlashini ta'minlaydi. Mazkur qurilma 1795 yilda Abraxam Lui Brege tomonidan ixtiro qilingan va an'anaviy soatlarning murakkab mexanizmi sanaladi.

Top