12:29 / 19.10.2015
3848

Ispaniyalik harbiylar Afg‘onistonni tark etishmoqda

Ispaniya Mudofaa vazirligi 17 oktabr kuni Afg‘onistonning Hirot shahriga joylashtirilgan ispan harbiylari ortga qaytarilishi haqida ma'lum qildi. Bu bo‘linma NATO rezolyutsiyasi asosida Afg‘oniston hukumatiga yordam berish uchun jo‘natilgandi.

Bu bo‘linmaning Afg‘onistondagi mavjudligi 2014 yilning 18 dekabr kunida Kongress deputatlari tomonidan qabul qilingan qaror asosida tasdiqlangandi.

Bu bo‘linma shu vaqtgacha Hirotdagi harbiy baza va aeroportni qo‘riqlash vazifasi bilan shug‘ullangan.

Ispaniya qurolli kuchlariga tegishli harbiy-transport samolyotlari 27 oktabrgacha Afg‘onistondan shaxsiy tarkib va 2 ming tonnalik harbiy yukni olib chiqib ketishi kerak bo‘ladi.

27 oktabrdan keyin Afg‘onistonning Kobul shahridagi NATO boshqarmasi binosida 20 nafar ispaniyalik askar qoldiriladi.

Top