20:21 / 19.10.2015
3457

Janubiy Koreya prezidenti hukumatda ba'zi o‘zgartirishlar amalga oshirdi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Ki Xe 19 oktabrda mamlakat hukumatida ba'zi o‘zgartirishlar amalga oshirdi: o‘z lavozimidan 2 nafar vazir, 6 nafar vazir o‘rinbosari va prezidentning xorijiy ishlar bo‘yicha bosh kotibi ketdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Xususan Koreya davlat hududlari, infratuzilma va transport vaziri, Dengiz va baliqchilik vaziri o‘zgartirildi.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti bosh kotibi Chu Chxol Gi AQShning Seulga KF-X qiruvchi samolyot ishlab chiqarish uchun muhim texnologiyalarni berishdan bosh tortishi sababli jamoatchilik noroziligi oshayotgani tufayli bir oy avval iste'foga chiqish haqida ariza bergan edi. Pak Kin Xe Vashingtonga tashrifi paytida AQShning bu qarorini o‘zgartirishiga ko‘ndirishga harakat qildi, biroq bu urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Bosh kotib o‘rnini avval prezident ma'muriyatida milliy mudofaa masalalari departamenti boshlig‘i o‘rinbosari majburiyatlarini bajargan Kim Gyu Xyon egallaydigan bo‘ldi.

Top