20:13 / 19.10.2015
11126

KUN.UZ dayjesti: 19 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 19 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2015 yilda 8 foizga teng bo‘ldi>>

2015 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2014 yilning shu davriga nisbatan 8,0 foizga o‘sdi. Bu haqda 2015 yil 19 oktabrda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan shu yil 16 yanvarda respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilishga bag‘ishlangan majlisida ma'lum qilindi.

Toshkent tojikistonlik ovchilarga nisbatan qurol qo‘llanganini inkor qildi>>

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati 2015 yil 16 oktabr kuni o‘zbekistonlik chegarachilar tojikistonlik ovchilarga qarshi qurol qo‘llanganliklarini inkor qildi.

Faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun soliq xizmati organi rahbarlaridan 39 nafariga nisbatan jazo choralari qo‘llanildi>>

Davlat soliq qo‘mitasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari rahbarlari ishtirokida Hay'atning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbek dasturchilari "AIRTOUCH" dasturini ishlab chiqishdi>>

Ushbu dastur tashkilot resurslarini boshqarish uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarish, savdo hamda tibbiyot sohasida qo‘llaniladi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar bergan.

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT doirasidagi yig‘ilishda ishtirok etish uchun Pekinga yo‘l oldi>>

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT doirasidagi yig‘ilishda ishtirok etish uchun Pekinga yo‘l oldi. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy poytaxti Pekin shahriga jo‘nab ketdi.

«Minor» masjidi gumbazi qoplamalarining tushib ketishi yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ishchi guruhi tuzildi>>

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Toshkent shahridagi «Minor» masjidi gumbazidagi ko‘k rangli qoplamalarning to‘kilib tushgani yuzasidan tekshiruv olib borishi uchun ishchi guruh tuzdi.

O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini avtotransport bilan eksport qilishga qisman ruxsat berildi>>

O‘zbekiston hukumati mamlakatga avtotransport vositalari yordamida meva-savbzavot mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 9 oktabrda qabul qilingan qarorida aytildi.

O‘zbekiston – aholi jon boshiga pilla yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi>>

O‘zbekiston tut daraxti barglari bilan oziqlanadigan ipak qurtidan pilla yetishtirishning aholi jon bo‘shicha taqsim qilinishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Umumiy ishlab chiqariladigan xom ashyo miqdori bo‘yicha esa Xitoy va Hindistondan keyingi o‘rinni egallaydi. Bu haqda 15-16 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan XI O‘zbekiston xalqaro paxta va tekstil yarmarkasi vaqtida e'lon qilindi.

Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi>>

19 oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi Alen Le Ruani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Toshkentda Markaziy Osiyo sanoat haftaligi bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning 20-22 oktabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Markaziy Osiyo sanoat haftaligi” bo‘lib o‘tadi.

Samarqandda Spark yangi mashinalar olib ketayotgan avtovozga urilishi oqibatida bir necha yangi mashina yonib ketdi>>

17 oktabrda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida gaz balloni o‘rnatilgan Spark avtomobili avtomobil tashuvchi mashinaning orqasiga borib urilgan. Voqea joyidan olingan suratlar feysbukda “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan. 

Qamchiq dovoniga qor yog‘di>>

18 oktabr kuni O‘zbekistonning aksar hududlarida yog‘ingarchilik yuz berdi va ba'zi hududdlarda, xususan Samarqand viloyatida qor yog‘ib o‘tdi.

O‘zbekistonlik muxbirga tug‘ruqxonadagi amaliyotni suratga olish ruxsat etildi>>

Jurnalist Rustam Shagayev tug‘ruqxonada o‘tkazilgan amaliyotda ishtirok etdi. “Novosti Uzbekistana” nashri uning reportaji va fotosuratlarini o‘z sahifalarida joylashtirdi.

O‘tgan hafta O‘zbekistonda 259 yong‘in qayd qilindi>>

O‘tgan hafta O‘zbekistonda 259 yong‘in qayd qilindi. Bu haqda mamlakat o‘t o‘chirish xizmati matbuot bo‘limi xabar bermoqda.

Samarqandda to‘ylarni videoga litsenziyasiz tushirishga barham berish masalasi muhokama etildi>>

Samarqand shahridagi «Sharq yulduzi» kinoteatrida kinovideo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga soatbay haq to‘lash miqdorlari oshirildi>>

2015 yil 12 oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Pastdarg‘omda gaz ta'minotidan 65 mln so‘m qarz bo‘lib qolgan fermer javobgarlikka tortildi>>

Samarqand viloyat Pastdarg‘omda tumanidagi Go‘zalkent shahrida gaz ta'minotidan 65 mln so‘m qarz bo‘lib qolgan fermer javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

OAV yana maktabdagi majburiy to‘lovlar haqida>>

O‘zbekiston matbuotida maktablarda “sinf fondi”, “maktab fondi” singari bahonalarda pul to‘lovlarining tashkil qilinishi masalasi tez-tez ko‘tarilib turibdi. Bu hafta ham ushbu dolzarb muammo bir qancha nashrlarda yoritildi.

Buxorolik ayol kelinining gijgijlashi tufayli qizi tomonidan o‘ldirildi>>

Buxoroning Peshku tumanida mudhish qotillik sodir etildi. Mohigul Avezova o‘z qayinsinglisi Robiya Jabborovani qotillikka undaganlikda ayblanib 15 yilga qamaldi. Yangasining gapiga kirib o‘z onasini o‘ldirgan Robiya esa 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.

Paxtachidagi "Qoraqo‘ton" konidan tilla o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi>>

Samarqand viloyatida tug‘ilgan Ravshan Bobonazarov yoniga odam to‘plab, 2012-2014 yillar davomida Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududida joylashgan “Qoraqo‘ton” koniga g‘ayriqonuniy kirib, bu yerda tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshini yashirin ravishda talon-taroj qilib kelgan.


Top