14:28 / 19.10.2015
6678

Panjakentlik 2 kishi O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi minalarda portlab ketdi

Tojikistonning Panjaket shahrida istiqomat qiluvchi 2 kishi 16 oktabr kuni O‘zbekistonning Samarqand viloyati Urgut tumanidagi chegara zonasida minaga duch kelib halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayev bayonot berdi.

Aytilishicha, minalar O‘zbekiston tomonidan chegara buzishlarning oldini olish uchun o‘rnatilgandir. Tojikiston fuqarolari qo‘shni davlat hududiga noqonuniy kirgan chog‘larida minada portlab ketganlar.

“Ob-havo sharoitlarining murakkabligi va relef marhumlarning tanalarini voqea joyidan olib chiqish va ularning shaxsini aniqlash imkonini bermayapti”, - dedi Ulug‘xo‘jayev.

Top