07:19 / 19.10.2015
3066

Poroshenko Donbassda vaziyat keskinlashsa, BMT tinchlikparvar kuchlarini kiritish masalasiga qaytishini aytdi

Ukraina agar Minsk kelishuvlari bajarilmasa, Donbassga BMT tinchlikparvar kuchlarini kiritish masalasiga qaytishi mumkin, deb aytdi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.   

“Vaziyatni barqarorlashtirish uchun, ayniqsa Minsk kelishuvlarining bandlari kelishilgan jadval bo‘yicha amalga oshirilmasa, biz Ukrainaga BMT tinchlikparvar kuchlari bo‘limlarining kiritilishi zarurligi masalasiga qaytishimiz mumkin”, deb aytdi Poroshenko Ukraina telekanallariga bergan intervyusida. 

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Kiyev Donbassda xalqaro tinchlikparvar kuchlarining joylashtirilishini so‘rashini aytgan edi.

Top