07:43 / 19.10.2015
11639

Qamchiq dovoniga qor yog‘di

18 oktabr kuni O‘zbekistonning aksar hududlarida yog‘ingarchilik yuz berdi va ba'zi hududdlarda, xususan Samarqand viloyatida qor yog‘ib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida internetda Toshkent viloyatini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi "Qamchiq" dovonida qor yog‘gani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, Farg‘ona vodiysiga olib boruvchi bu yagona yo‘lda kuniga 20 mingtagacha avtomobil harakatlanadi.

Bugungi kunda bu yo‘lda FVV qoshidagi qutqaruv-qidiruv bo‘linmalari doimiy ravishda nazorat ishlari bilan shug‘ullanishadi. Yo‘l bo‘ylab 15ta qorovul postlari o‘rnatilgan. Qish vaqti yo‘llar xavfsizligini ta'minlash uchun yo‘llarga har yili 15 ming tonna qum-shag‘al va 6 ming tonna texnik soda sepiladi. Bunday vaziyatlar uchun 100ga yaqin texnik vositalar xizmat qiladi.

Top