10:53 / 19.10.2015
3688

Quddusda yahudiylar kvartali arablardan himoyalanish uchun devorlar bilan o‘rab olinadi

18 oktabr kuni Isroil politsiyasi Sharqiy Quddusda yashovchi yahudiylar xavfsizligini ta'minlash maqsadida yangi devorlar qurishni boshladi. AFP agentligi xabariga ko‘ra, bu devor yahudiylar yashaydigan Armon Xanatsiv kvartalini arablarning Jabal Mukabar kvartalidan keladigan xavfni to‘sib turadi.

Ma'lum qilinishicha, bu devorning uzunligi 300 metrni tashkil qiladi.

18 oktabr kuni o‘rnatilishi boshlangan bu devor balandligi 2,5 m, eni 2 m bo‘lgan toshbetonlardan tiklanadi.

Keyingi kunlarda bu hududga qo‘shni kvartallarda toshlar, shishalar hamda yonuvchi moddalar otilmoqda.

O‘tgan haftada Jabal Mubakarda yashovchilar tomonidan 3 marta isroilliklarga hamla qilingan. Politsiya ularni otib o‘ldirishga majbur bo‘lgan.

Oktyabr oyining boshidan beri arablar tomonidan 30 martadan ortiq kichik teraktlar sodir etilib, 7 nafar isroillik halok bo‘ldi. Falastinliklardan esa 40 nafardan ortiq kishi o‘ldirilgan.

Top