15:21 / 19.10.2015
4594

Samarqandda to‘ylarni videoga litsenziyasiz tushirishga barham berish masalasi muhokama etildi

Samarqand shahridagi «Sharq yulduzi» kinoteatrida kinovideo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Unda joriy yilning 20 avgustida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

«O‘zbekkino» milliy agentligi «Samarqandkino» viloyat hududiy bo‘limi rahbari Farmon Roziqov mazkur qonun orqali kinovideo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga yaratilgan qulayliklar xususida so‘z yuritdi.

Yangi qonunga ko‘ra kinovideo faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lish uchun barcha hujjatlarni «O‘zbekkino» agentligiga elektron tarzda yuborish, hatto litsenziyani ham elektron tarzda olishi mumkin.

Shuningdek, tadbirda maxsus litsenziyaga ega bo‘lmagan holda to‘y-tomoshalar va boshqa marosimlarni video tasvirga tushirish holatlariga barham berish masalasi muhokama etildi. Bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan studiyalar rahbarlariga tavsiyalar berildi.

Top