21:47 / 19.10.2015
4417

Sankt-Peterburgda o‘z sherigini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘z hamrohini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi hibs qilindi. Neva Today nashrida yozilishicha, qotillik Sovetskiy ko‘chasidagi 4-uyda 16 oktabr kuni sodir etilgan.

Ushbu qotillikda asosiy gumondor sifatida olgan shaxs 25 yoshli Akbarjon Tursunov ekani aytilgan.

Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, u o‘z vatandoshi bilan birga spirtli ichimlik ichganidan keyin janjallashib qolgan. U mast holatdagi sherigiga 2 marta o‘tkir pichoqdan zarba berish orqali qotillikni amalga oshirgan.

Ayni vaqtda Tursunovga nisbatan jinoiy ish ochilgan va unga ayblov qo‘yilishi kutilmoqda.

Top