10:38 / 19.10.2015
3600

Seul va Pxenyan Koreya urushi davrida bo‘linib ketgan oilalar uchrashuvini o‘tkazishga tayyor

Koreya respublikasi va KXDR 1950-1953 yillardagi urushdan so‘ng ajralib ketgan oilalarning navbatdagi raund uchrashuvlarini o‘tkazishga tayyor. Bu haqda 19 oktabr kuni Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi vakili ma'lum qildi.

“Sokchxo shahri hududiga 395 kishi yig‘ilgan bo‘lib, ular 20 oktabr kuni Shimoliy Koreyaga u yerda yashayotgan qarindoshlari bilan uchrashish uchun yuboriladi”, - deya qayd etdi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlar ikki bosqichda tashkil etilib, ajrashib ketgan oilalar a'zolari kuniga ikki soatdan jami olti soat davomida suhbat qurishlari mumkin.

So‘nggi marta 2014 yilda ushbu oilalar uchrashuvi tashkil etilgan edi. Shimol va janub koreys davlatlarida yashayotgan qarindoshlar bir-birinikiga mehmonga borish, xat orqali xabarlashish, qo‘ng‘iroqlashish yoki internet orqali muloqot qurish imkoniyatiga ega emas.

Ayni paytda 68 ming nafardan ziyod janubiy koreyaliklarning KXDRda qarindoshlari qolib ketgan. Ularning aksariyati qarindoshlarini 1953 yili 38- parallel shimolida qolgan yaqinlarini biror marta ham ko‘rmagan. 2014 yilgi uchrashuv ishtirokchilari esa tasodifiy lotoreya o‘yini orqali tanlangan.

Top