15:45 / 19.10.2015
5937

Telegraph: Rossiya to‘p va yog‘ o‘rtasida tanlov qilishi lozim

Oxirgi bir necha kun ichida dunyoning uch yirik reyting agentligi Suriyadagi harbiy operatsiya munosabati bilan Rossiya davlat byudjyetidan qon qochayotganini ma'lum qildi. Buni The Telegraph nashri eslatib o‘tdi.

Standard & Poor's agentligining munosabatiga ko‘ra, Rossiyaning byudjyet kamomadi YaIMning 4.4 foizini tashkil qiladi, hukumat esa bank tizimini qutqarishga 40 mlrd dollar sarflashga majbur bo‘ladi. Rivojlangan davlatlar uchun bu raqamlar jiddiy qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin, lekin ayni kunlarda Rossiya G‘arb davlatlari bilan qarshilashib qolib, iqtisodiyotida ulkan muammolarga duch kelmoqda.

Stokgolm tinchlik tadqiqotlari xalqaro instituti 2015 yilda Rossiyaning mudofaa xarajatlari 15 foizni tashkil qilganligini hisoblab chiqdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 8.1 foizga teng edi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, Vladimir Putin faqat neft va gaz eksportiga ishonib qolmaslik lozimligini sekin-asta tushunmoqda.

Yaqin besh yil ichida Kreml ko‘p sohalardagi importni cheklamoqchi.
Shu bilan birga, so‘rovnomalar Putinning reytingi ilgarigiday yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Ammo inqiroz, maqola muallifining fikricha, endi boshlandi, shu bois Rossiya prezidenti harbiy to‘plar va yog‘-moy o‘rtasida tanlov qilish zo‘rida qoladi.

Top