17:20 / 19.10.2015
2975

Yahoo konsernining taraqqiyot masalalari bo‘yicha direktori Square kompaniyasiga ishga o‘tdi

Yahoo konsernining taraqqiyot masalalari bo‘yicha direktori Jaklin Reses Twitter asoschisi Jyek Dorsi asos solgan Square kompaniyasiga ishga o‘tdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar tarqatdi.

So‘nggi oylarda Reses Yahooning Xitoydagi Alibaba internet-riteyleridagi ulushi bilan shug‘ullanib kelayotgandi. Yil oxiriga kelib Alibabaning 15 foiz aksiyalari Yahoo`ning Osiyodagi bo‘limi hisobiga o‘tadi. Hozirda mazkur qimmatbaho qog‘ozlar 27 mlrd. dollarga baholanmoqda.

Hozirgi vaqtda Reses Yahoo prezidenti Marissa Mayyer tomonidan ishdan bo‘shatilgan so‘nggi xodim bo‘lib qolmadi. Kompaniya bir qator yetakchi rahbarlari bilan bir qatorda marketing bo‘yicha direktor Ketti Savitt ham ishdan bo‘shatilgandi.

Resesning tashrifi yaqindagina Twitter Bosh direktori etib tayinlangan Jyek Dorsiga Square kompaniyasini boshqaruvida yordam sifatida xizmat qilishi kerak bo‘ladi.

Top