19:14 / 19.10.2015
5621

Yaponiya Mudofaa vazirligi: qiruvchi samolyotlar Rossiya samolyotlarining yo‘lini kesish uchun yarim yilda 108 marta havoga ko‘tarildi

Yaponiya mudofaa havo kuchlari qiruvchi samolyotlari joriy yilning aprelidan sentabrigacha bo‘lgan muddat ichida Rossiya samolyotlarining yo‘lini kesish uchun uchun 108 marta havoga ko‘tarildi. Bu haqda Yaponiyaning Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, shu davr ichida yapon samolyotlari Xitoy samolyotlariga qarshi 231 marta havoga ko‘tarildi. Umumiy hisobda 2015 yilning birinchi moliyaviy yarmida (1 apreldan 31 sentabrgacha) Yaponiya mudofaa havo kuchlari 343 ta parvoz amalga oshirib, bulardan 339 tasi Rossiya va Xitoy samolyotlari tufayli amalga oshirilgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davri ichida yapon samolyotlari havoga 190 marta ko‘proq ko‘tarilgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi avval bir necha bor Rossiya harbiy samolyotlarining neytral suvlar ustidan barcha parvozlari havo hududidan foydalanishning xalqaro qoidalariga qat'iy muvofiq holda amalga oshirilishini ta'kidlab o‘tgan.

Top