11:02 / 20.10.2015
3271

“Krasnogorsk mergani”ning haydovchisi politsiyaga taslim bo‘ldi

Moskvaning Krasnogorsk tumanida 4 kishini o‘ldirganlikda ayblanayotgan tadbirkor Amiran Georgadzening haydovchisi politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda RF tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markinga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Haydovchining advokati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘ng‘iroq qilib, Shota Elizbarashvili o‘z ixtiyoriga bilan tergov organlariga kelmoqchi ekanligini aytdi. Hozir u bilan tergovchilar ishlamoqda”, - ma'lum qildi Markin.

19 oktabr kuni Georgadze Krasnogorsk tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulovni va “Krasnogorsk elektrik tarmog‘i” rahbari Georgiy Kotlyarenkoni otib tashladi. Qotillik Karaulovning kabinetida sodir etildi. Shundan so‘ng biznesmen va uning kabinetga qurol solingan sumkani olib kirgan haydovchisi voqea joyidan yashirinishgan. Yo‘lda Georgadze yo‘lida uchragan mahalliy aholi vakilini otib tashlagan. Keyinroq uning shahar chetidagi uyida biznes hamkori Trestan Zakaidzening jasadi topildi.

Top