09:09 / 20.10.2015
3444

AQShning Ogayo shtati hukumati o‘limga olib keluvchi inʼeksiya tugab qolgani sababli qatllar ijrosini qoldirdi

AQShning Ogayo shtati hukumati o‘limga olib keluvchi inʼeksiya yetkazib berilishidagi muammolar sababli o‘lim jazosiga mahkum qilingan jinoyatchilarni qatl qilinishini 2017 yilgacha qoldirdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, qatl etilishi kerak bo‘lgan 12 nafar mahbusning qatl qilinishi 2017 yilgacha, yana 20 dan ko‘proq mahbusning qatl ijrosi 2019 yilgacha qoldirildi.

Shtat ixtiyorida o‘limga olib keluvchi inʼeksiya zaxirasi tugagandan keyin, hukumat uni jumladan xorijdan to‘ldirishga harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.

Ayni paytda AQShning 50 shtatidan 31 tasida o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat berilgan, biroq uning qo‘llanishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda AQSh Konstitutsiyasiga 8-tuzatish bilan cheklangan.

Top