09:21 / 20.10.2015
2606

Arsen Venger: Biz «Bavariya»ni hozirgidan kuchli vaqtida ham mag‘lub etganmiz

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasida “Bavariya”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan jurnalistlar bilan gaplashdi.

“Biz Chempionlar ligasining dastlabki ikki turida raqiblarga jiddiy qaramadik. Ammo “Bavariya”ga qarshi bunday bo‘lmaydi. Top-jamoaga qarshi o‘ynashimizni yaxshi bilamiz. Har bir futbolchi o‘yinga jiddiy tayyorlangan bo‘ladi.

Biz o‘zimizga ishonamiz. Avvallari, “Bavariya” bilan ko‘p o‘ynaganmiz. Ularni mag‘lub etish bo‘yicha tajribaga egamiz. O‘shanda jamoa tarkibidagi Robben, Riberi, Myuller, Kross va Shvaynshtaygerning gullagan paytlari edi.

Har bir jamoaning ojiz nuqtasi bo‘ladi. Siz bunday fikrda bo‘lmasligingiz mumkin, lekin men bu borada boshqacha fikrlayman. Biz “Bavariya”ning ana shu ojiz nuqtasini topishga urinib ko‘ramiz.

Biz bu o‘yinda avvalo yaxshi himoyalanishimiz va yaxshi hujumlar tashkil qilib, birinchi bo‘lib gol urishimiz kerak bo‘ladi. Birinchi bo‘lib gol urish katta o‘yinlardagi eng asosiysi hisoblanadi.

Agar bu o‘yinda Chex, O‘zil va Sanchesni maydonga tushirmasam ham hayron bo‘lmasligingiz kerak. Lekin men bu ishni faqat o‘yin kunidan oldin yaxshi uxlay olmasam qilishim mumkin", deydi Venger.

Top