00:11 / 20.10.2015
3125

Bloomberg: Saudiya Arabistoni neft arzonlashgani tufayli loyihalar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirmoqda

Saudiya Arabistoni neft arzonlashgani tufayli infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirmoqda, mamlakat 2009 yildan beri birinchi marta byudjyet taqchilligiga qarab ketmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilmoqda.

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, qirollikda yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirayotgan kompaniyalar yarim yildan beri mamlakatdan to‘lov transhlarini olmagan va boz ustiga, saudiyaliklar to‘lovlar miqdorini kamaytirish maqsadida shartnoma bo‘yicha narxlarni kamaytirish yo‘llarini qidirmoqdalar.

Mamlakatning 80 foiz daromadini tashkil qiluvchi neft arzonlashishi qirollik hukumatini davlat xarajatlarini kesishga va valyuta zaxiralaridan foydalanishni boshlash hamda qarz olishga majbur qildi. Saudiya Arabistoni 2015 yilning o‘zidayoq kreditlar bozorida 15 mlrd dollarga yaqin mablag‘ jalb qilishga ulgurgan.

Agentlikning ta'kidlashicha, to‘lovlarning ushlanishi mamlakat poytaxti Ar-Riyodda 22 mlrd dollarlik metro qurish loyihasiga ta'sir qilishi mumkin.

Top