22:23 / 20.10.2015
4332

Britan kompaniyasi “aqlli” tobut yaratdi

Buyuk Britaniyadagi Perfect Choice Funerals kompaniyasi displey va karnayga ega “aqlli” tobut kontseptini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Kompaniyaning fikricha, Coffin of the Future (“Kelajak tobuti”) deb nomlangan bu tobut yuqori texnologiyali zamon talablariga javob berishi kerak. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, odamlar ko‘pincha dafn marosimlarida ishtirok etisha olmaydi, biroq smart-tobutlar vazitida ular marhum bilan virtual ravishda vidolashishlari mumkin bo‘ladi. Tobut marhumning tasviriga ega displey hamda ta'ziyalarni qoldirish mumkin bo‘lgan uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini ko‘rsatuvchi ekranni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tobut karnaylar bilan ham jihozlanadi, bu karnaylar orqali marhumning yaxshi ko‘rgan musiqasi yoki ta'ziyanomani eshittirish mumkin. Tobut, shuningdek, rangini o‘zgartiruvchi chiroqlar (podsvetka) bilan ham jihozlanadi.

“Aqlli” tobut yerga ko‘milishi haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Agar tobut ko‘miladigan bo‘lsa atrof-muhit himoyachilari bunga qarshi chiqishlari mumkin, chunki displeylar tuproqqa tushishi mumkin bo‘lgan zararli moddalarga ega. Kompaniya smart-tobutlar qachon ishlab chiqarilishi va umuman ishlab chiqarilishi-yo‘qligi haqida hech qanday ma'lumot bermagan.

Top