08:31 / 20.10.2015
2268

De Bryuyne «Manchester Siti» jamoasining sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

«Manchester Siti» jamoasining yozgi transferlar vaqtidagi xaridlaridan biri Kevin de Bryuyne jamoada ishtirok etishni boshlagan ilk oyidayoq muxlislar tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu belgiyalik yosh futbolchi sentabr oyida APLning 3 turida ishtirok etdi va 2ta gol urdi.

Shuningdek, u Liga Kubogi doirasida "Sanderlend"ga qarshi kechgan uchrashuvda (4:1) bitta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Top