16:31 / 20.10.2015
5299

Deutsche Bank xodimining “semiz barmoqlari” bankka 6 mlrd dollar zarar keltirdi

Deutsche Bank xodimi bir axborotni noto‘g‘ri kiritganligi uchun moliyaviy tashkilot 6 mlrd dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, xodim tranzaksiya o‘tkazish chog‘ida yanglishib, AQSh xej-fondi hisobiga begona pullarni o‘tkazib yuborgan. Voqea 2015 yil yozida sodir bo‘lgan. Xatoga yo‘l qo‘ygan kishi bank valyuta operatsiyalarining kichik xodimi lavozimida ishlar edi.

Buning natijasida bank Buyuk Britaniya moliyaviy nazorat byurosiga, AQShning tegishli idoralariga murojaat etgan. Mablag‘ bank hisobiga ertasigayoq qaytarilgan.
Bunday xatolar bank slengida odatda “semiz barmoqlar” (Fat-finger) deb atalib, xodimning kompyuter orqali ma'lumot kiritishda texnik xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘lishi nazarda tutiladi.

Nashrda ta'kidlanishicha, odatda bunday operatsiyani o‘tkazishda banklarda “to‘rt ko‘z” prinsipiga amal qilinadi, ya'ni bir xodim ma'lumot kiritadi, ikkinchi xodim esa uning to‘g‘riligini tekshiradi.

Top